Узбек O'zbek
Matich ham Italiyaga yo‘l olishi mumkin
Yakshanba, 13 Oktabr
1772

Serbiyalik yarimhimoyachi Nemanya Matich qishki transferlar chog‘ida «Manchester Yunayted»ni tark etishi kutilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skirining ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli havbekka «Inter» tomonidan qiziqish mavjud. Ayni vaqtda milanliklar klubini boshqarayotgan Antonio Konte o‘z vaqtida «Chelsi»da Matich bilan hamkorlik qilgandi.

Ayni vaqtda tomonlar o‘rtasida muzokaralarning dastlabki bosqichi boshlangan.

Ma’lumot uchun, Matichning «MYU» bilan shartnomasi keyinroq uzaytirish huquqi bilan 2020 yilgacha tuzilgan.

Bundan avvalroq «Inter» «Manchester Yunayted»ning ikki futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olgandi, belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku sotib olingan, chililik yarimhimoyachi Aleksis Sanches ijaraga olingan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz