Узбек O'zbek
Foto: Meddison betobligi uchun terma jamoa qarorgohini tark etdi va kazinoga bordi
Yakshanba, 13 Oktabr
4388

Angliya terma jamoasi futbolchisi, «Lester» klubi yarimhimoyachisi Jeyms Meddison betobligini aytib terma jamoa qarorgohini tark etgach, uni kazinoda ko‘rishgan. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Angliya terma jamoasi Yevro-2020 saralashi doirasida Chexiyaga qarshi o‘yin o‘tkazayotganida (1:2) u poker o‘ynayotgan bo‘lgan. Ushbu havbek terma jamoaning o‘yinini tomosha qilmagan, holbuki bu o‘yin uning terma jamoadagi debyut o‘yini bo‘lishi mumkin edi.

Meddison keyingi haftada jarohatidan tuzalib safga qaytishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz