Узбек O'zbek
Pioli «Milan»dagi islohotlarni oshxonadan boshladi
Shanba, 12 Oktabr
3584

«Milan»ning yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli islohotlarni boshlab yubordi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, mutaxassis avvalo jamoadagi muhitni yaxshilamoqchi va futbolchilarning ruhini baland qilmoqchi.

Pioli birinchi qadam sifatidagi ishni oshxonadan boshladi – kichik stollarni kattasiga almashtirdi. Bu bilan futbolchilar guruhlarga ajralgan holda emas, balki umumiy katta guruh bo‘lib ovqatlanishini ta’minlamoqchi.

Yana bir yangilik — ovqatdan oldin va keyin, shuningdek jismoniy mashg‘ulotlardan so‘ng futbolchilarning vazni tarozida o‘lchanadigan bo‘ldi.

«Milan» Pioli qo‘l ostidagi ilk o‘yinni 20 oktyabr kuni o‘z maydonida «Lechche»ga qarshi o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz