Узбек O'zbek
Kulibali – «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer maqsadi
Shanba, 12 Oktabr
2463

«Manchester Yunayted» klubi «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Daily Express xabariga ko‘ra, senegallik futbolchi mankunianliklarning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi.

«Manchester Yunayted» himoya chizig‘ida Harri Maguayrga yordam berishi mumkin bo‘lgan futbolchini izlamoqda.

Kulibali 2014 yildan beri «Napoli» tarkibida o‘ynayapti. Uning shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfer qiymati 75 million yevro atrofida.

Bu mavsumda futbolchi «Napoli» tarkibida barcha musobaqalarda 7ta o‘yinda maydonga tushgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz