Узбек O'zbek
Jerrard Turkiya klubini boshqarishi mumkin
Shanba, 12 Oktabr
2238

«Glazgo Reynjers» bosh murabbiyi Stiven Jerrard faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

beIN Sports xabariga ko‘ra, «Beshiktosh» klubida tez orada yangi prezident ish boshlaydi. U esa Jerrardni bosh murabbiy qilishni istamoqda.

Ayni paytda istanbullliklarni Abdulla Avji boshqarib boryapti. Klub Superliga 7 turidan so‘ng 12-o‘rinni egallab turibdi.

Jerrard boshchiligidagi «Glazgo Reynjers» 8 turdan so‘ng Shotlandiya Premer-Ligasida peshqadamlik qilyapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz