Узбек O'zbek
Mourino «Lion» taklifini rad etdi. U boshqa klub bilan kelishib qo‘ygan
Juma, 11 Oktabr
14625

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Lion»ni boshqarish taklifiga rad javobi qaytardi. Fransuzlar klubi prezidenti Jan-Mishel Olas portugaliyalik murabbiy bo‘lajak klubi bilan kelishuvga erishib bo‘lgani uchun fransuz klubi taklifiga rozilik bildirmagani haqida ma’lum qildi.

«Biz u bilan SMS orqali gaplashdik, yaxshi suhbat bo‘ldi. U bizning taklifni qabul qilmadi, chunki u boshqa klub bilan kelishib qo‘ygan ekan», — deya Olasning so‘zlarini keltirgan The Sun.

TalkSport nashri ma’lumotiga ko‘ra, gap Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarishi kutilayotgan «Tottenhem» haqida ketmoqda. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis nomi sobiq jamoasi «Real» bilan ham bog‘lanadi.  

7 oktyabr kuni «Lion» Silvinoni bosh murabbiy lavozimidan ozod etgandi. Ayni vaqtda bu lavozimda vaqtincha Jeral Batikl ishlab turibdi.

Joze Mourino esa 2018 yil dekabrida «MYU»ni tark etganidan keyin 10 oy davomida ishsiz yuribdi. Bundan oldinroq u Osiyo klublaridan kelgan takliflarni rad qilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz