Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» bosh homiysidan ajralishi mumkin
Juma, 11 Oktabr
5544

Chevrolet kompaniyasi «Manchester Yunayted» bilan imzolangan homiylik shartnomasini uzaytirmasligi mumkin.

Mankunianliklarning avtomobil ishlab chiqaruvchi gigant bilan kelishuvi 450 million funtga teng va 2021 yilgacha mo‘ljallangan.

The Times xabariga ko‘ra, Chevrolet kompaniyasi «Manchester Yunayted» ko‘rsatayotgan natijalarni qoniqarsiz, shartnoma esa bu pullarga loyiq emas deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, kompaniyaning «Manchester Yunayted» bilan kelishuvni amalga oshirgan direktori iste’foga chiqib ketgan.

Agar Chevrolet bilan hamkorlik to‘xtatilsa, «Manchester Yunayted» uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan hamkorni izlash ishlarini boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, APL 8 turidan so‘ng «qizil iblislar» 12-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz