Узбек O'zbek
«Inter» va «Milan» Rakitich uchun kurashadi
Juma, 11 Oktabr
3708

«Inter» va «Milan» klublari «Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitich xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchi bilan «Manchester Yunayted» va «Yuventus» klublari ham shartnoma imzolashni istayapti. Demak, 4ta klub qishda Rakitich uchun kurashadi.

«Inter» ularning orasida eng faoli bo‘lib turibdi. Milanliklar unga yaxshi daromad keltiruvchi shartnomani taklif qilishgan. 

31 yoshli xorvatiyalik bu mavsumda «Barselona»ning asosiy tarkibida kamdan-kam ko‘rinmoqda. U «Ayaks»dan olingan Frenki de Yong bilan raqobatlasha olmayapti.

Bu mavsumda futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 5ta o‘yinda maydonga tushib, birorta gol urmagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz