Узбек O'zbek
Yevro-2020 saralashi. Rossiya, Belgiya, Polshada yirik g‘alabalar, Levandovskidan xet-trik
Juma, 11 Oktabr
5296

Bir qancha guruhlarda Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

S guruhida Niderlandiya o‘z maydonida Shimoliy Irlandiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi, Depay dubl qayd etdi.

Ye guruhida Xorvatiya Vengriyani yirik hisobda taslim etdi. Slovakiya va Uels esa murosa yo‘lini tanlashdi.

G guruhida Avstriya o‘z uyida Isroilni mag‘lub etdi. Polsha esa mehmonda Levandovskining xet-triki evaziga g‘alaba qozondi.

I guruhida peshqadamlar – Rossiya va Belgiya o‘z maydonlarida yirik g‘alabalarga erishishdi. Ruslar tarkibida Anton Dzyuba, belgiyaliklar tarkibida Romelu Lukaku dublga erishdi.


Yevro-2020 saralashi, 7-tur
10 oktyabr

C guruhi

Niderlandiya – Shimoliy Irlandiya 3:1
"Feyenoord"
Gollar: Depay (80, 90+4), Lyuk de Yong (90+1) – Madjennis (75).
Gollandiya: Sillessen, van Deyk, Blind, de Ligt, Dumfris (Lyuk De Yong, 78), Frenki de Yong, de Ron (Van de Bek, 66), Bergveyn, Veynaldum, Babel (Malen, 66), Depay.
Shimoliy  Irlandiya: Pikok-Farrell, Ketkart, Smit, Jon Evans, Dallas, Devis, Makneyr, Korri Evans (Flenagan, 87), Sevill (Tompson, 83), Fergyuson, Lafferti (Madjennis, 67).
Ogohlantirishlar: Pikok-Farrel (53), Evans (60), Smit (67), Depay (99+4).

Belarus – Estoniya 0:0

Ye guruhi

Xorvatiya – Vengriya 3:0
Gollar: Modrich (5), Petkovich (24, 42).

Slovakiya – Uels 1:1
Gollar: Kutska (53) – Mur (25).

G guruhi

Avstriya – Isroil 3:1
Gollar: Latsaro (41), Xinteregger (56), Zabitser (88) – Zaxavi (34).

Makedoniya – Sloveniya 2:1
Gollar: Elmas (50, 68) – Ilichich (90+5, penalti).

Latviya – Polsha 0:3
Gollar: Levandovski (9, 13, 76).

I guruhi

Rossiya – Shotlandiya 4:0
"Lujniki"
Gollar: Dzyuba (57, 70), Ozdoyev (60), Golovin (84).
Rossiya: Gilerme, Fernandes, Jikiya, Semyonov, Jirkov (Cherishev, 66), Golovin, Ozdoyev, Ionov (Ahmetov, 79), Barinov, Kudryashov, Dzyuba (Komlichenko, 87).
Shotlandiya: Marshall, Devlin, Malgryu, Robertson, Palmer, Snodgrass, Makgregor, Byork (Shanklend, 66), Flek (Armstrong, 82), Freyzer (Kristi, 68), Makginn.
Ogohlantirishlar: Flek (41).

Belgiya – San-Marino 9:0 
Gollar: Lukaku (28, 41), Shadli (31), Brolli (35, avtogol), Grandoni (43, avtogol), Tilemans (45+1), Benteke (79), Versxaren (84, avtogol), Kastan (90). 

Qozog‘iston – Kipr 1:2
Gollar: Yerlanov (34) – Sotiriu (73), Ioannu (84).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz