Узбек O'zbek
APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Juma, 11 Oktabr
4460

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatida sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

Germaniyalik mutaxassis qatorasiga ikkinchi oy bu sovrinni o‘ziniki qilmoqda. U Angliyada jami 5-bor oy murabbiyi deb topildi.

«Liverpul» sentyabr oyida APLdagi barcha 3 o‘yinida g‘alaba qozondi va ayni vaqtda turnir jadvalida 24 ochko (100 foizlik natija) to‘plagan holda yakkapeshqadam bo‘lib turibdi.

Kloppdan tashqari, ushbu sovrin uchun Frenk Lempard («Chelsi»), Brendan Rojers («Lester») va Eddi Hau («Bornmut») kabi murabbiylar ham da’vogarlik qilishgandi.

Oyning eng yaxshi murabbiyini aniqlashda muxlislar, APL klublari sardorlari va ekspertlar ovoz berishi natijasida aniqlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz