Узбек O'zbek
«Yuventus» qishda «Chelsi» himoyachisini sotib olmoqchi
Payshanba, 10 Oktabr
2847

«Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Emerson «Yuventus» klubining e’tiboriga tushgan.

Calciomercato'ning yozishicha, turinliklar 25 yoshli Italiya milliy jamoasi himoyachisini yanvarda sotib olishmoqchi. Ma’lumot uchun, Emerson «Yuve» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bilan «Chelsi»da ham birga ishlagan.

Bungacha londonliklar Emersonga 5 yillik shartnoma taklif qilishayotgani haqida aytilgandi. Emersonning «ko‘klar» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz