Узбек O'zbek
Yaman bilan o‘yin chiptalarini mobil kassalarda sotib olishingiz mumkin
Payshanba, 10 Oktabr
4121

Bugun, 10 oktyabr kuni soat 17:00 da O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Yamanga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. O‘FA bu o‘yinlarga chiptalar savdosi bo‘yicha iticket.uz sayti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergandik.

Chiptalar savdosi iticket.uz shahobchalari, «Paxtakor» stadioni kassalari va onlayn tarzda iticket.uz saytida yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, o‘yin kuni muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida stadion atrofida qo‘shimcha uchta mobil kassalar tashkil etildi.

10 oktyabr ertalab soat 9:00dan uchrashuv boshlangunga qadar tomoshabinlar chiptalarni Alisher Navoiy san’at saroyi (Panorama), Paxtakor metrosi hamda O‘zbekiston ko‘chasi orqali markaziy stadionga kirishda o‘rnatiladigan maxsus kassalarda harid qilishlari mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz