Узбек O'zbek
Shavkat Mullajonov: «Yamanni mensimasak, Falastinga qarshi o‘yindagi kabi holatga tushib qolamiz»
Payshanba, 10 Oktabr
1913

O‘zbekiston milliy jamoasi safida ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushgan «Metallurg» himoyachisi Shavkat Mullajonov O‘zbekiston — Yaman o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Murabbiy o‘yin oldidan raqib haqida iliq fikrlar bildirdi, chunki bu murabbiy har bir raqibga jiddiy qaraydi. Agar bugun Yamanga bepisandlik bilan qarasak, Falastin bilan o‘yindagi kabi holatga tushib qolishimiz mumkin.

Abramov futbolchilardan to‘pni ushlashni talab qiladi. Biz Avstraliyaga 0:6 hisobda yengilganimizda ham to‘pni nazorat qilganmiz. U bizda doim «Barselona»ning o‘yinini ko‘rsatardi va «To‘pni olib hujum qiling», deb aytardi. Bizning futbolchilar hujum qilishni yaxshi ko‘radi, shu bois bizga hujumkor futbol mos tushadi»,— deydi Shavkat Mullajonov.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz