Узбек O'zbek
«Sampdoriya» prezidenti jamoani boshqarishni istamagan Gattuzoning xatti-harakatlariga munosabat bildirdi
Payshanba, 10 Oktabr
2867

«Sampdoriya» prezidenti Massimo Ferrero «Milan» sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo klubni boshqarishdan bosh tortganiga izoh berdi.

«Men ishontirish kerak bo‘lgan murabbiy bilan ishlashni istamayman. Menga haqiqatan ham «Sampdoriya»da ishlashni xohlaydigan murabbiy kerak», – deb Ferreroning so‘zlarini keltiradi Telenord. 

Eslatib o‘tamiz, klub rahbariyati yaqinda ishdan bo‘shatilgan Eysebio Di Franchesko uchun o‘rinbosar izlashni davom ettirmoqda. Nomzodlar qatorida Klaudio Raneri, Janni De Byazi va Juzeppe Yakinining ismlari tilga olinmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz