Узбек O'zbek
Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf»dan chaqirilgan yigitlar Abramovning uslubiga mos tushadi»
Payshanba, 10 Oktabr
3193

Samarqandda o‘tkazilgan «Dinamo» hamda «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, Berdiyev O‘zbekiston — Yaman o‘yini borasidagi fikrlarini ham aytdi. Yaman — O‘zbekiston o‘yinini Qarshida tomosha qilishga ulgurish uchun «Dinamo»ga qarshi o‘yin tugashi bilan yo‘lga chiqqan qarshiliklar ustozi «Nasaf»ning milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilari haqida gapirdi.

«O‘yinga qo‘yilgan asosiy vazifa futbolchilarning jismoniy yuklama olishlari edi. «Dinamo» bilan Qarshida o‘ynagan vaqtimizda Samarqandda ham o‘rtoqlik tashkil qilishga kelishgandik. Shu bois o‘yinni bugun o‘tkazishga qaror qildik.

«Nasaf»dan milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsam, ular Abramovning uslubiga mos tushadi. Sharof Muhiddinov milliy jamoaga chap qanot himoyasida Farrux Sayfiyega o‘rinbosar sifatida chaqirildi deb o‘ylayman.

Umar asosiy tarkibda o‘ynaydimi? Bu haqda nimadir deya olmayman, lekin Umarning o‘yini Abramovning uslubiga mos tushadi»,— deb Berdiyevning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz