Узбек O'zbek
Remzi Slovakiyaga qarshi o‘ynamaydi, ammo Xorvatiyaga qarshi bahsga qaytishi mumkin
Payshanba, 10 Oktabr
760

Uels milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aaron Remzi jarohati tufayli Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Slovakiyaga qarshi o‘yinda maydonda tushmaydi, ammo Xorvatiya bilan bahsda o‘ynashi mumkin, deb yozadi BBC.

Xabar qilinishicha, yarimhimoyachi jamoa bilan Slovakiyaga uchmagan va jarohatdan tiklanishda davom etmoqda.

«U qo‘zg‘atuvchi mushaklarida og‘riq sezmoqda. Remzi bugun mashg‘ulot o‘tkazdi va umid qilamizki, u yakshanba kuni Xorvatiya bilan o‘ynaydi. Fizioterapevtimiz u bilan bir necha kun ishladi», – deydi milliy jamoa bosh murabbiyi Rayan Giggz.

Avvalroq Remzi A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi o‘yinoldi mashg‘ulotlarida belida og‘riq sezgan va zaxirada qolgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz