Узбек O'zbek
Pyanich orzusi va «Yuventus»ning maqsadlari haqida gapirdi
Payshanba, 10 Oktabr
2147

«Yuventus» yarimhimoyachisi Mirolim Pyanich jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

«Inter»ni mag‘lubiyatga uchratdik (2:1) va birinchi o‘ringa qaytdik. Bizning jamoamiz Italiyada eng yaxshisi. Yakshanbadan boshlab biz qayerda turishimiz lozim bo‘lsa, o‘sha pog‘onadamiz. 

Bizning maqsadimiz barcha sovrinlarni yutishdir, chunki «Yuventus» dunyoning eng yaxshi 3-4 klublaridan biridir. Biz nafaqat ushbu mavsumda, balki har yili oldimizga yuksak maqsadlar qo‘yamiz.

Mening orzuyim – Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish va bu sovrinni boshim uzra ko‘tarish. Umid qilamanki, bu mavsumda orzuyimga erishaman», – deb Pyanichning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz