Узбек O'zbek
«Milan»ning yangi bosh murabbiyi #PioliOut heshtegiga munosabat bildirdi
Payshanba, 10 Oktabr
2475

«Milan»ning yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli fanatlar tanqidiga munosabat bildirdi.

«Rossoneri» muxlislari mutaxassisning tayinlanishidan oldin ijtimoiy tarmoqlarda unga qarshi #PioliOut heshtegini tarqatishgan edi.

«Fanatlarni hurmat qilaman, ular tanqid qilishga haqli. Bu esa menga qo‘shimcha ishtiyoq bag‘ishlaydi - demak yaxshiroq ishlashim kerak. 

Ijtimoiy tarmoqlarda hech qachon akkauntim bo‘lmagan, ulardan hozir ham foydalanmayman. Men ko‘zimga qarab tanqid qiladigan odamlar bilan ishlashni xush ko‘raman. 

Biz fanatlar ishonchini qaytarish uchun juda katta ish qilishimiz lozim», – dedi italiyalik mutaxassis.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz