Узбек O'zbek
Lyov Argentinaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
Payshanba, 10 Oktabr
3997

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Argentina bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng (2:2) o‘z fikrlarini bildirdi.

«Birinchi bo‘limda ajoyib o‘ynadik, tezkor hujumlar qildik. Ko‘p vaziyatlar bo‘ldi. Argentina ikkinchi bo‘limda kuchli o‘ynadi. Biz to‘pni tez-tez yo‘qotishni boshladik, kurashishni yo‘qotdik.

To‘liq 90 daqiqa davomida o‘yinimizni namoyish eta olmadik, ammo men futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan mas’uliyatidan mamnunman. Milliy jamoada ko‘p o‘ynamaganlar juda yaxshi harakat qilishdi», – deb Lyovning so‘zlarini keltiradi milliy jamoa rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz