Узбек O'zbek
Dzyuba shotlandiyalik jurnalistlarga dakki berdi
Payshanba, 10 Oktabr
3585

«Zenit» klubi va Rossiya milliy jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi o‘yindan oldin mehmon jurnalistlarga murojaat qildi.

"O‘z milliy jamoangizga g‘alati munosabatda ekansizlar. Bu menga Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatini eslatib yubormoqda. Shotlandiya milliy jamoasi juda baquvvat, ammo Qozog‘istonda yutqazib qo‘ydi. Chunki u yerda sun’iy maydon tufayli o‘ynash og‘ir. Futbolchilaringiz "Liverpul" va "Manchester Yunayted"da yuqori saviyada to‘p tepadi. Shotlandiyada o‘tkazilgan o‘yindan oldin sizlar o‘z jamoangizni favorit deb hisoblagansiz. Ammo biz baribir g‘alaba qozondik.

Shunday bo‘lsa-da, raqibni hurmat qilgan holda 100 foiz kuch sarflab o‘ynaymiz. Hozir hamma jamoalar yaxshi futbol o‘ynamoqda. Biz Ispaniya, Portugaliya yoki Niderlandiya emasmiz, faqat saviya bilan hech kimni mag‘lub etib bo‘lmaydi. Bizda maqsad bor va uni bosqichma-bosqich hal qilamiz", — dedi Dzyuba.

Rossiya - Shotlandiya o‘yini 10 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz