Узбек O'zbek
«Dinamo» o‘rtoqlik o‘yinida «Nasaf»ni 4:0 hisobida yengdi
Payshanba, 10 Oktabr
1419

Samarqandda FIFA kunlaridagi tanaffusdan foydalangan «Dinamo» hamda «Nasaf» jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Unda mezbon «Dinamo» 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Nasaf»ning 3 nafar futbolchisi milliy jamoaga, 8 nafar futbolchisi olimpiya jamoasiga chaqirilgani sabab Ro‘ziqul Berdiyev asosan ikkinchi tarkib futbolchilari bilan o‘ynadi. «Dinamo» esa «Paxtakor»ga qarshi o‘yinga tayyorlanayotgani bois Tachmurod Agamurodov asosiy tarkibning bir qator futbolchilarini maydonga tushirmaslikka qaror qildi.

Har ikki jamoa murabbiylari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra o‘yin yopiq eshiklar ostida o‘tkazildi, ya’ni uning o‘tkazilishi haqida e’lon qilinmadi. O‘yinda hisobni Bobur Qosimov ochdi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida «Dinamo» tayanch yarim himoyachisi jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida bir nechta futbolchini aldab, jarima maydonchasiga yorib kirgan Shoxruh Abdurahmonov uzoq burchakni aniq nishonga oldi - 2:0. 85-daqiqada Dilmurod Karimov o‘tkir burchakdan turib kuchli zarbasi bilan chiroyli gol urdi. 88-daqiqada Damir Temirovning penaltidan urgan goli o‘yindagi oxirgisi bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini
DINAMO — NASAF 4:0
Gollar
: Bobur Qosimov (43), Shoxruh Abdurahmonov (67), Dilmurod Karimov (85), Damir Temirov (88, penaltidan).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz