Узбек O'zbek
Petr Chex xokkeychiga aylandi
Payshanba, 10 Oktabr
5214

“Chelsi” va “Arsenal” futbol klublarining sobiq darvozaboni Petr Chex xokkey bo‘yicha Britaniya chempionatining 2-divizionida ishtirok etuvchi “Gilford Feniks” klubi o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda klub saytida ma’lum qilingan. 

Chex o‘zining yangi jamoasi uchun shu dam olish kunlari, ya’ni 13 oktyabrda debyut qilishi mumkin. 

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, Chex jamoa bilan shartnoma tuzishdan oldin muz ustida jadal mashg‘ulot o‘tkazgan. U klub uchun mavsum oxirigacha darvozabon sifatida o‘ynaydi. 

“Men “Feniks” uchun o‘ynash imkoniyatidan xursandman. Ushbu yosh jamoaga mavsumda qo‘ygan maqsadlarida erishishida yordam berishga va u uchun iloji boricha ko‘proq o‘ynashga umid qilaman. Professional futboldagi 20 yillik faoliyatimdan keyin men yoshlikdan tomosha qilishni yaxshi ko‘rgan xokkeyda o‘zimni sinab ko‘rish men uchun ajoyib tajriba bo‘ladi”, deb aytgan Chex.

37 yoshli sportchi 2018/2019 yillardagi mavsumdan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. U o‘z faoliyatida davomida 4 karra Angliya chempioni bo‘lishga, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘alaba qozonishga, Chexiya terma jamoasi safida Yevro-2004’ning bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.  

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz