Узбек O'zbek
Shevchenko «Milan»ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Chorshanba, 09 Oktabr
4287

Ukraina milliy jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko «Milan»ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Mening  milliy jamoa bilan shartnomam bor. Jamoani tark etish niyatim yo‘q.

Oldimizda vazifa bor. Men jamoaga ishonaman, shuning uchun shu yerdaman. Shartnomam yakunlangunicha ishlayman», – deydi Shevchenko Yevro-2020 saralash o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Avvalroq ukrainalik sobiq hujumchi «Milan»ni boshqarishi mumkinligi haqida aytilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Stefano Pioli «rossoneri» bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy davogar hisoblanmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz