Узбек O'zbek
Sampaoli Yevropadan ish izlamoqda
Chorshanba, 09 Oktabr
1318

Argentina milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli tez orada Yevropaga qaytishi mumkin.  

L'Equipe xabariga ko‘ra, 59 yoshli mutaxassis o‘z nomzodini Fransiyaning «Lion» klubiga taklif qilgan. Avvalroq «to‘quvchilar» bosh murabbiy Silvino bilan xayrlashgan edi.

Ayni paytda Sampaoli Braziliyaning «Santos» klubini boshqaryapti. Ammo u Yevropaga qaytishni orzu qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan.

«Santos» Braziliya A Seriyasida uchinchi o‘rinda bormoqda. Sampaoli 2015 yilda Chili milliy jamoasi bilan Amerika Kubogida g‘alaba qozongan. 2016-2017 yillarda mutaxassis «Sevilya»ni boshqargan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz