Узбек O'zbek
«Roma» bosh murabbiyi 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Chorshanba, 09 Oktabr
1128

«Roma» bosh murabbiyi Paulo Fonseka A Seriyaning navbatdagi 2ta turidan chetlatildi,  deb yozadi Football Italia.

Fonseka «Kalyari» bilan o‘yin tugagandan so‘ng (1:1) darhol bosh hakam Davide Massa bilan qo‘shimcha daqiqalarda bekor qilingan Kalinichning goli yuzasidan tortishuvga kirishgan va qizil kartochka olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Fonseka hakamni haqorat qilgan.  Endi u «Milan» va «Sampdoriya»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Bundan tashqari «Roma» zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishga huquqi bo‘lmagan jismoniy tayyorgarlik murabbiyi uchun ham 15 ming yevro miqdorida jarima to‘laydi. Bu murabbiy o‘yindan keyin Massaning qarshisiga chiqib, kinoya bilan qarsak chalgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz