Узбек O'zbek
Mourino «Tottenhem»da ishlashga tayyor
Chorshanba, 09 Oktabr
4989

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Tottenhem»dagi vaziyatni kuzatmoqda.

London klubi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi, shu tufayli bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning iste’fosi haqida gap-so‘zlar ko‘payib qoldi.

Portugaliyalik mutaxassis esa o‘tgan yili dekabr oyida «Manchester Yunayted»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Biroq, faoliyatini davom ettirishga tayyor. 

Daily Mail xabariga ko‘ra, Mourinoga «Tottenhem»ni boshqarish g‘oyasi yoqyapti. Shuningdek u sobiq klubi «Real» bilan ham aloqalarni uzmagan va Madriddan munosib taklifni kutmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz