Узбек O'zbek
Messi o‘zi duch kelgan eng kuchli raqib jamoa nomini aytdi
Chorshanba, 09 Oktabr
27816

«Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining futbolchilik faoliyatidagi eng kuchli raqib jamoa nomini aytdi.

«O‘zim qarshi o‘ynagan eng yaxshi raqib nomini aytadigan bo‘lsam, bu biz 2010 yilgi jahon chempionatidan avval o‘ynagan Ispaniya terma jamoasidir. Bu jamoa meni hayratga solgandi. Bu men duch kelgan eng yaxshi himoya edi. Biz ko‘p martalab kuchli raqiblarga qarshi o‘ynaganmiz. Bu borada ayniqsa jismoniy jihatdan yetuk bo‘lgan ingliz jamoalarini tilga olish mumkin. So‘nggi yillarda futbol yanayam himoyaviy va taktik o‘yinga aylanib bormoqda. Hozirda ko‘plab jamoalar himoyalanishda qattiq harakat qilishadi», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda El Mundo Deportivo.

Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi 2008 va 2012 yillarda Yevropa chempioni, 2010 yilda esa jahon chempioni bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz