Узбек O'zbek
Messi: «Neymar «Real»ga o‘tsa kerak deb o‘ylagandim»
Chorshanba, 09 Oktabr
7260

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «PSJ» hujumchisi Neymarning «Real»ga o‘tishiga ishonganini tan oldi. 

Yozda braziliyalik futbolchi «PSJ»ni tark etishga yaqin va keyingi faoliyatini «Barselona» yoki «Real»da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Agar «Barselona»ga qaytmasa, Neymarning «Real»ga o‘tishiga ishonchim komil edi. U haqiqatdan ham «PSJ»ni tark etmoqchi ekanini aytdi. Florentino Peres va «Real» uni qo‘lga kiritish uchun barcha ishlarni qilishiga ishongandim», — deb Messi so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Neymar 2017 yil yozida «Barselona»dan 222 million yevro evaziga «PSJ»ga o‘tdi. 

Bu mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida barcha musobaqalarda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz