Узбек O'zbek
Messi «Barselona»dan ketish haqida o‘ylaganini tan oldi
Chorshanba, 09 Oktabr
10446

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2017 yilda Ispaniyani tark etish haqida o‘ylaganini tan oldi.

«2017 yilda men ketishni istagandim. Men «Barselona»dan ketishni istamaganman, ammo soliqlar mojarosi tufayli Ispaniyani tark etgim kelgandi. O‘zimga nisbatan nohaqlik qilinayotgandek tuyulardi, menga nisbatan adolatsizlik bo‘lyapti deb o‘ylardim va shu tufayli bu yerda qolishni istamasdim», — deya 32 yoshli futbolchi so‘zlarini keltirmoqda B/R Football.

Messi «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2003 yildan buyon ushbu jamoa safida Ispaniya chempionatida jami 455 o‘yin o‘tkazgan va 420 gol urgan. U 2017 yil kuzida jamoa bilan shartnomasini yangilagan va bu shartnoma 2021 yilga qadar amalda bo‘ladi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, klub u bilan umrbod shartnoma tuzishni rejalashtirgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz