Узбек O'zbek
Mbappe milliy jamoaning bo‘lajak ikki o‘yinini o‘tkazib yuboradi, uning o‘rniga boshqa futbolchi chaqirildi
Chorshanba, 09 Oktabr
4212

«PSJ» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Yevro-2020 saralash doirasidan o‘rin olgan Islandiya va Turkiyaga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi L'Equipe.

20 yoshli hujumchi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinida (0:1) tizzasidan jarohat olgandi. Futbolchi qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tdi va yaxshilangani aniqlandi. Ammo fransuzlar bosh murabbiyi Dide Desham hujumchining sog‘ligiga xavf solmaslikka qaror qildi. Mbappe allaqachon jamoani tark etgan.

Fransiya milliy jamoasida Mbappening o‘rnini «Borussiya» M hujumchisi Alassan Plea egalladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz