Узбек O'zbek
Marko Jampaolo «Milan» tarixida antirekord o‘rnatdi
Chorshanba, 09 Oktabr
2286

Iste’foga chiqarilgan «Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Marko Jampaolo klubdagi faoliyati davomida yangi antirekord o‘rnatdi, deb xabar beradi Football Italia.

Shunday qilib Jampaolo «Milan» tarixida eng kam ishlagan murabbiyga aylandi. U «rossoneri»ni atigi 111 kun boshqardi. Jampaolo «Milan» bosh murabbiyligiga 19 iyun kuni tayinlangandi.

Markoning boshchiligida jamoa A Seriyaning 7ta turida 9 ochko jamg‘arib, 4 marta mag‘lubiyatga uchradi.

Yaqin kunlarda «Milan»ga Stefano Pioli bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz