Узбек O'zbek
Dembele 2 o‘yinga diskvalifitsiya qilindi va klasikoni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi
Chorshanba, 09 Oktabr
2541

«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele ikki o‘yinga diskvalifitsiya qilindi.

Fransuz hujumchisi La Liganing 8-turida «Sevilya»ga qarshi kechgan o‘yinda (4:0) arbitrga katalonlar klubi himoyachisi Ronald Arauxoni chetlatgani uchun norozilik bildirganidan keyin qizil kartochka olgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dembele o‘yin arbitri Antonio Migel Mateu Laosga u «juda yomon»ligi haqida bir necha bor ta’kidlagan. Bundan tashqari, u Laosga qo‘llarini ko‘tarib qiliq qilgan.

Shu tariqa, 22 yoshli vinger 19 oktyabr kuni «Eybar»ga qarshi o‘yinda, shuningdek 26 oktyabr kuni «Real»ga qarshi klasikoda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz