Узбек O'zbek
Angliya milliy jamoasi futbolchilari haqoratga uchrasalar, maydonni tark etishga kelishib olishdi
Chorshanba, 09 Oktabr
5812

Angliya milliy jamoasi futbolchilari agar muxlislar tomonidan irqiy kamsituvchi haqoratlarga uchrasalar, zudlik bilan maydonni tark etishga kelishib olishdi.

Bu haqda avval ham haqoratlarga uchragan futbolchilar bayonot berishdi.

«Agar oramizdan kimdir haqorat qilinsa, bu faqat unga emas, balki jamoaga ham qaratilgan bo‘ladi. Sardorimiz Harri Keyn bunday holatda butun jamoa bo‘lib maydonni tark etishimizni aytdi», - dedi «Chelsi» hujumchisi Temmi Abraham.

«Agar shunday voqea yuz bersa, biz maydonni tark etamiz. Bu butun jamoaning qaroridir. Mabodo bir futbolchi haqorat qilinsa ham, qarab turmaymiz. Biz bir jamoamiz», - dedi «Liverpul» yarimhimoyachisi Trent Aleksandr-Arnold.

Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi futbolchilari avvalgi xalqaro o‘yinlarda bir necha marta shunday haqoratlarga duch kelishgan edi.

«Uch sher»lar Yevro-2020 saralashi doirasida 11 oktyabr kuni Chexiya, 14 oktyabr kuni Bolgariya bilan bellashadi. Har ikkala o‘yin safarda o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz