Узбек O'zbek
Allegri — Sulsherni almashtirish uchun asosiy nomzod
Chorshanba, 09 Oktabr
4026

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yaqin vaqtlar ichida iste’foga chiqarilishi kutilmoqda.

Avvalroq OAVda uning o‘rnini hozirda «Tottenhem»ni boshqarayotgan Maurisio Pokettino egallashi mumkinligi aytilgandi, ammo Gazzetta dello Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, endilikda bu lavozim uchun asosiy nomzod o‘tgan mavsum yakunida «Yuventus»ni tark etgan Massimiliano Allegri bo‘lib turibdi.

Angliya premer-ligasining 8 turidan keyin Sulsher boshchiligidagi «MYU» 9 ochko to‘plagan va turnir jadvalining 12-o‘rnida joylashgan, «mankunianliklar»ni «xavfli zona»dan 2 ochko ajratib turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz