Узбек O'zbek
Allegri «MYU»ni boshqarishga rozi bo‘lishi uchun shartini ma’lum qildi
Chorshanba, 09 Oktabr
11753

Italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri «Manchester Yunayted»ni faqat bir shart bilan, agar unga bu lavozim shu hafta ichida taklif etilsagina boshqarishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Shu kunlarda «Manchester Yunayted» Ole-Gunnar Sulsherni ishdan bo‘shatishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Allegri ushbu norvegiyalik mutaxassis o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Allegri o‘tgan mavsum yakunida «Yuventus»ni tark etgach, ishsiz yuribdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Allegri vaziyatni to‘g‘rilashga ko‘proq vaqt bo‘lishi uchun imkon qadar tezroq jamoa boshqaruvini qo‘lga olishni istamoqda.

Ayni vaqtda unga Angliyaning boshqa bir klubi - «Tottenhem»dan ham qiziqish mavjud.

«Manchester Yunayted» joriy mavsumni juda yomon boshladi. «Qizil iblislar» 8 turdan keyin 9 ochko to‘plagan va turnir jadvalining 12-o‘rnida joylashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz