Узбек O'zbek
Video: Ronaldu 17 yil muqaddam professional faoliyatidagi ilk golini urgandi
Seshanba, 08 Oktabr
7047

«Sporting» tvitter sahifasida Krishtianu Ronalduning professional faoliyatidagi birinchi goli videosini namoyish etdi. U 17 yil muqaddam — 2002 yilning 7 oktyabrida lissabonliklar jamoasi safida «Moreyrense» darvozasiga gol urgandi.

Ronaldu portugal klubi safida 30 o‘yin o‘tkazib, 5 gol urgan va bir golga uzatma bergan, shundan keyin «Manchester Yunayted» safiga borib qo‘shilgan. U inglizlar klubi uchun 2003 yildan 2009 yilgacha 196 o‘yinda maydonga tushib, 84 bor jamoa raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Keyin 2009 yildan 2018 yilgacha Madridning «Real» klubi sharafini himoya qildi va 292 o‘yinda 311 gol urishga erishdi. 2018 yil yozidan buyon Turinning «Yuventus» klubi safida to‘p surib kelayotgan hujumchi 37 o‘yinda maydonga tushib, 24 bor gol urishga ulgurdi. U shuningdek, 2003 yildan buyon Portugaliya milliy terma jamoasi safida 160 o‘yin o‘tkazgan va 93 golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz