Узбек O'zbek
Spalletti «Inter» tufayli «Milan»ga bosh murabbiy bo‘la olmayapti
Seshanba, 08 Oktabr
2886

Luchano Spalletti «Milan»ga bosh murabbiy bo‘lishi istisno etilmoqda.

Corriere della Sera nashri xabariga ko‘ra, «Milan» va Spalletti avvalroq yiliga 7 million yevrolik maosh nazarda tutilgan og‘zaki kelishuvga erishgandi. Ammo murabbiy ishdan bo‘shatilgan bo‘lishiga qaramay «Inter» bilan 2021 yil yoziga qadar shartnomasi mavjudligi tufayli «Milan» bilan shartnoma tuza olmaydigan bo‘lgan.

Mutaxassis tovon puli to‘lanmaguncha «Inter» bilan shartnomani bekor qilmoqchi emas. «Inter» esa unga tovon puli to‘lamoqchimas. Shu tufayli «Milan» bor e’tiborini Stefano Pioliga qaratmoqda.

53 yoshli Stefano Pioli ham muqaddam «Inter»da ishlagan (2016-2017), u shuningdek turli yillarda «Latsio», «Bolonya», «Parma», «Kevo», «Palermo» va «Sassuolo» klublarida ishlagan, uning so‘nggi ish joyi «Fiorentina» bo‘lib turibdi.

Bundan avvalroq, «Milan» hozirgi bosh murabbiy Marko Jampaoloni ishdan bo‘shatmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi. Jamoa joriy mavsumda 10ta o‘yinda 9 ochko to‘plagan va turnir jadvalida 10-o‘rinda joylashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz