Узбек O'zbek
«Real» «Chelsi»ning yana bir futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
Seshanba, 08 Oktabr
10493

«Chelsi» hujumchisi Temmi Abraham faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, «Real» 22 yoshli futbolchi variantini «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyndan arzonroq bo‘lgani uchun afzal ko‘rmoqda.

Qayd etilishicha, «shporlar» Keyn uchun 178 million funt miqdorida narx belgilab qo‘yishganidan keyin madridliklar e’tiborni yosh hujumchiga qaratishgan. «Tottenhem» safida 262 o‘yinda 171 gol urgan Keyn o‘tgan yili londonliklar klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolagandi.

Abrahamning transferi esa «Real»ga arzonroq tushishi, londonliklar uni taxminan 55 million yevroga qo‘yib yuborishi mumkin.

Abraham APLning joriy mavsumida jamoasi safida 8 o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz