Узбек O'zbek
Platinining diskvalifikatsiya muddati tugadi
Seshanba, 08 Oktabr
2055

UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini futbolga qaytishi mumkin.

Bugun, 8 oktyabr kuni unga 2015 yilda qo‘llangan diskvalifikatsiya muddati tugadi. To‘rt yil muqaddam FIFAning axloq qo‘mitasi uni korrupsiyada aybdor deb topib, futbol bilan aloqador istalgan lavozimda ishlash huquqidan mahrum etgandi. O‘shanda FIFAning sobiq prezidenti bo‘lgan Yozef Blatter unga 2011 yili tashkilotdan 2 million yevro miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib bergani tekshiruvlarga sabab bo‘lgandi.

Avvaliga fransiyalik mutaxassis 8 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingandi, keyinroq bu muddat yarmiga qisqartirildi. Bu mojaro boshlanishidan oldinroq Platini FIFA rahbarligida Blatterning o‘rnini egallashi kutilayotgandi.

«Menda bir g‘oya bor, ammo hozircha bu haqda gapira olmayman», — deya Platinining so‘zlarini keltirmoqda AP News.

Mishel Platini 1972 yildan 1987 yilgacha bo‘lgan muddat ichida «Nansi», «Sent-Eten», «Yuventus» klublarida, shu bilan bir vaqtda Fransiya terma jamoasi safida o‘ynagan, futbolchilik faoliyati davomida uch marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz