Узбек O'zbek
«Milan» Pioli bilan muzokara boshladi
Seshanba, 08 Oktabr
1051

«Milan» klubi Stefano Pioli bilan bosh murabbiylikka tayinlash masalasida muzokara boshladi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bu lavozimga asosiy nomzod bo‘lib turibdi. 

«Milan» bosh murabbiy Marko Jampaoloni iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda. Agar Pioli «rossoneri» bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘lsa, Jampaolo iste’fosi e’lon qilinadi.

Pioli faoliyati davomida «Kevo», «Bolonya», «Latsio», «Inter» va «Fiorentina» kabi ko‘plab klublarda ishlagan.

Avvalroq «Milan» Luchano Spallettini tayinlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo tomonlar shartnoma masalasida kelishuvga erisholmadilar.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz