Узбек O'zbek
«Milan» muxlislari Pioli hali tayinlanmasidan undan iste’fo so‘rashmoqda
Seshanba, 08 Oktabr
3692

Twitter ijtimoiy tarmoqg‘ida #PioliOut heshtegi (Pioli, ket) ommalashmoqda. 

Marko Jampaolo ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga Stefano Pioli «Milan» bosh murabbiyi bo‘lishi haqida xabarlar paydo bo‘lgach, milanliklar klubi muxlislari bo‘lajak murabbiy bo‘yicha tanlovga e’tirozlarini bildira boshlashdi.

Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, «rossoneri» rahbariyati Marko Jampaoloni iste’foga chiqarilishi haqida ogohlantirib bo‘lgan. Jampaolo o‘tgan mavsum yakunida Jennaro Gattuzo o‘rniga «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U turli yillarda «Kalyari», «Siyena», «Katanya», «Breshiya», «Empoli» va «Sampdoriya» klublarini boshqargan.

Bugun bo‘lajak bosh murabbiy Stefano Pioli klub rahbariyati bilan hal qiluvchi uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

53 yoshli Pioli turli yillarda «Inter», «Latsio», «Bolonya», «Parma», «Kevo», «Palermo» va «Sassuolo» klublarida ishlagan. Uning so‘nggi ish joyi «Fiorentina» bo‘lib turibdi.

«Milan» Jampaolo boshqaruvida joriy mavsumda A Seriyada 10 turda atigi 3 o‘yinda g‘alaba qozonib, 7 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va 9 ochko bilan turnir jadvalining 10-o‘rnida joylashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz