Узбек O'zbek
«Lion» bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Seshanba, 08 Oktabr
1418

«Lion» jamoasi bosh murabbiyi Silvino iste’foga chiqarildi. Bu haqda klubning «tvitter»dagi rasmiy sahifasi e’lon qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Silvinoning yordamchisi Jeral Batikl vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan, u sport direktori Junino Pernambukanoning bevosita rahbarligi ostida ishlaydi.

«Lion» Fransiya chempionatida 9ta turdan keyin 9 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinda bormoqda. 

So‘nggi turda jamoa derbida «Sent-Eten»ga yutqazdi (0:1).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz