Узбек O'zbek
Allegri – «Manchester Yunayted»ni boshqarishga asosiy nomzod
Seshanba, 08 Oktabr
2961

«Yuventus»ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis yozda mankunianliklar bilan shartnoma imzolashga tayyor. Agar Ule-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilsa, Allegri mavsum o‘rtasida emas, balki 2020 yil yozida bosh murabbiy bo‘lmoqchi.

Avvalroq Allegrining ingliz tilini o‘rganayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Allegri 2014-2019 yillarda «Yuventus»ni boshqarib, 5 marta Italiya chempioni, 4 marta mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek 2 marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynagan edi. U dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq, Allegri xizmatiga «Bavariya», «PSJ», «Tottenhem» va «Galatasaroy» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz