Узбек O'zbek
Zidan: «O‘zimiz istagandek jadvalning eng yuqori pog‘onasida turibmiz»
Yakshanba, 06 Oktabr
4248

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 8-turidan o‘rin olgan «Granada»ga qarshi o‘yindan so‘ng (4:2) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun barchamiz baxtli bo‘lishimiz mumkin, biz o‘zimiz istagandek jadvalning eng yuqori pog‘onasida turibmiz. Oldinda juda uzoq yo‘l borligini bilamiz, juda ko‘p ishlashimiz kerak bo‘ladi. 1 oy oldingidan yaxshiroq o‘ynayapmiz. Har bir futbolchi o‘z vazifasini bajarmoqda. Ammo men ko‘proq narsani xohlayman, biz yaxshiroq o‘ynay olamiz. 

Oson o‘yin yo‘q. Siz o‘yin davomida birinchi daqiqadan so‘nggi daqiqagacha diqqatni yo‘qotmasliginingiz kerak.

Azar kiyinish xonasida xursand edi. Umid qilamizki, u «Real» uchun ko‘plab gollar uradi. Areolya xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Federiko Valverde – zamonaviy futbolchi. U har doim oldinga boradi va kerakli hududni egallaydi. Hozirgi futbolda bu juda muhim. Men u uchun xursandman, Federiko maqtovga loyiq», –  deb Zidanning so‘zlarini keltiradi Covering Football.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz