«Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolev «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlarga munosabat bildirdi.
«Ha, allaqachon viza ham tayyorlab qo‘ydim (kuladi). Aslida bilmayman.
Barchasi – sariq matbuotning ishi. Bunday bo‘lishi mumkin emas», – deydi Sobolev «Match Premer» kanaliga bergan intervyusida.
22 yoshli hujumchi RPLning 12ta turida 10ta gol urib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.