Узбек O'zbek
RPL. «Rostov» SSKAni yengib, yetakchiga aylandi. Shomurodov 10-golini urdi
Yakshanba, 06 Oktabr
8745

Rossiya chempionatida 12-turning markaziy o‘yini yakunlandi. Moskvada SSKA mehmoni bo‘lgan «Rostov» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Xaren Bayramyan ikkita gol urgan bo‘lsa, rostovliklarning uchinchi goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Bu Eldorning RPLdagi 10-goli bo‘ldi va o‘zbekistonlik hujumchi to‘purarlar poygasida yetakchilikni saqlab qoldi. Mezbonlarning yagona golini Nikolo Vlashich penaltidan urdi.

RPL. 12-tur
SSKA – Rostov 1:3
Gollar: Vlashich (90+2, penalti) – Bayramyan (11, 44), Shomurodov (61).

SSKA: Akinfeyev, Sharliya, Gogua (Lukas Santos, 46), Diveyev, Fernandes, Vlashich, Axmetov (Bistrovich, 89), Kuchayev, Oblyakov, Sigurdsson (Biyol, 67), Chalov.
Rostov: Baburin, Xadjikadunich, Chernov, Chistyakov, Kozlov, Popov, Bayramyan (Logashov, 77), Glebov (Zaynutdinov, 58), Normann, Ionov (Saplinov, 85), Shomurodov.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz