Узбек O'zbek
Son Hyon Min «Napoli»ga o‘tishi mumkin
Shanba, 05 Oktabr
5205

«Tottenhem»ning koreyalik hujumchisi Son Hyon Min kelgusida «Napoli»ga o‘tishi mumkin.

Bu haqda uning agenti Tis Blimeyster o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Futbolchilarim hech qachon «Napoli»ga o‘tmagan, ammo buni istardim. Sevimli futbolchim Maradona u yerda o‘ynagan.

Songa Italiya, u yerning ovqatlari, xalqi yoqadi. Kelajakda u «Napoli»ga o‘tishi mumkin. Ammo uni «Tottenhem»dan sotib olish oson bo‘lmaydi, chunki juda qimmat», deb Blimeyster so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Son Hyon Min 2015 yil yozida «Bayer»dan «Tottenhem»ga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Bu mavsumda 27 yoshli futbolchi APL doirasida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz