Узбек O'zbek
«Rostov»ning sentyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
Shanba, 05 Oktabr
14205

«Rostov» yarimhimoyachisi Matias Normann jamoaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qildi.

Norvegiyalik futbolchiga 35% muxlislar ovoz berishgan. Ikkinchi o‘rinni 32% ovoz bilan hamyurtimiz Eldor Shomurodov, uchinchi o‘rinni esa 14% ovoz bilan Roman Yeryomenko yegalladi.

Normann sentyabr oyida 3ta o‘yinda qatnashib, 1ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb Eldor Shomurodov topilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz