Узбек O'zbek
«Real»ga kerak bo‘lmagan Edegor La Ligada e’tirofga erishdi  
Payshanba, 03 Oktabr
3705

«Real Sosedad» yarimhimoyachisi Martin Edegor Ispaniya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

20 yoshli norvegiyalik futbolchi sovrin uchun kurashda «Real» hujumchisi Karim Benzema va «Vilyarreal» hujumchisi Jerar Morenodan o‘zib ketdi. 

Edegor La Liganing 4ta o‘yinida 1ta gol urib, 2ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Martinning transfer huquqi «Real»ga tegishli bo‘lib, «Real Sosedad» tarkibida ijarada o‘ynamoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz