Узбек O'zbek
Xoren Bayramyan: «Shomurodov Yevropaning istalgan top-chempionatida to‘p tepishi mumkin»
Payshanba, 03 Oktabr
7152

«Rostov» yarimhimoyachisi Xoren Bayramyan jamoadoshi Eldor Shomurodov sha’niga iliq gaplarni aytdi.

«Eldor uchun xursandman. Parvardigor uni mehnatsevarligi, qat’iyatliligi uchun mukofotlayapti. Uning siri? Hammasi oddiy: inson mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilmoqda, o‘z ustida ishlamoqda, so‘ngra orttirgan ko‘nikmalarini maydonda ko‘rsatmoqda. Bosh murabbiy Valeriy Karpin esa uning kuchli tomonlarini ochib bermoqda, Eldorning qo‘lidan qaysi ish yaxshi kelsa, shuni bajarishni so‘ramoqda. 

U to‘pni qabul qilib olish uchun juda yaxshi ochilyapti, bir urinishda zarba beryapti, havoda raqiblaridan ustun kelyapti. Shu tufayli sermahsulligi ham oshgan. Roma Yeryomenko ikkinchi turdan keyin uning chempionatda 20ta gol urishini aytgan edi. Hozircha Eldor rejani ortig‘i bilan bajaryapti. Uning salohiyati baland, bu unga Yevropaning istalgan top-chempionatida to‘p tepish imkoniyatini beradi», - dedi Bayramyan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz